
Muqaddas Umra Ziyoratini ado eting!

Iltimos, joyni band qilish uchun quyidagi formani to’ldiring.
Hali joy borligida ziyoratga oldindan buyurtma berishga shoshiling
Qonun-qoidalarga xos Umra ziyorati!
Sizni kutmoqda:
Madinai Munavvarada 4 yulduzli mehmonxona –
"MIAS AL MADINA" (ikki kishilik xonaga joylashish).
U Al- Haramdan 2 daqiqa uzoqlikda joylashgan.
Makkada 5 yulduzli «ANJUM MAKKAH» mehmonxonasi
(ikki kishilik xonaga joylashish).
Umra ziyorati narxiga qo’shiladi:
Toshkent-Jidda-Toshkent reysi (Uzbekistan Airways)
Mehmonxonada yashash
Guruh bilan joylashish
Makka va Madinaga sayohat
Nabaviy masjidida namoz o'qish uchun Ravzayi Sharifga kirish
Visa
Yuqori bilimga ega jamoa yetakchisi
24 soat shifokor xizmati


Umra ziyorati narxiga qo’shiladi:
Toshkent-Jidda-Toshkent reysi (Uzbekistan Airways)
Mehmonxonada yashash
Guruh bilan joylashish
Makka va Madinaga sayohat
Nabaviy masjidida namoz o'qish uchun Ravzayi Sharifga kirish
Visa
Yuqori bilimga ega jamoa yetakchisi
24 soat shifokor xizmati
Umra ziyorati narxiga qo’shiladi:
TURON TOURISM belgisi tushirilgan patnis, sumka va nishon
5 litrli Zam-Zam suvi
Abdulloh
29 yosh
Turon Tourismga kottadan-kotta rahmat. Bu mening birinchi sayohatim edi, biroq ular judayam chiroyli tarzda tashkillashtirishdi. Haj ziyorati paytida men o‘zimga ishonchli, jiddiy, chiroyli umr yo‘ldosh so‘radim. Bir yildan keyin menga o‘zim xohlagandek juft uchradi! Allohga shukr!
Gulmiraxon
56 yosh
Bolalarim menga Turon Tourismdan sayohat sovg‘a qilishdi. Bu kompaniya harakatlari bilan Umra ziyoratini osonlik bilan ado ettim. Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan uchik. Ibodatlardan bir zum ham chalg‘imadik. Bizning 40 kishilik guruhimizga mahalliy imom hamrohlik qildi. Orzuimiz ushalib, muqaddas Makka va Madinani
tavof qildik. Allohga shukr!
Sultonxo‘ja
62 yosh
Ziyoratni tashkil qilganlarga tashakkur. Ikkinchi marta kompaniyangiz xizmatidan foydalanyapman. Bu safar menga yanada ko'proq yoqdi: xizmat yuqori darajada! Toshkentdan to‘g ‘ridan-to ‘g ‘ri reys qo‘yilganidan xursand bo ‘ldim. Hamma narsa eng mayda detallarigacha o'ylangan. Hatto mehmonxonalar ham ziyorat joyimizaga juda yaqin. Men judayam mamnunman. Alhamdulillah!
Umra ziyoratini amalga oshirish uchun qarz olgan bo‘lsangiz
Hali to‘lanmagan qarzingiz bo‘lsa
Yaqinlaringizdan birortasi davolanishga pul topolmay qiynalib yurgan bo‘lsa
Kambag‘al qarindoshingiz bo‘lsa
Umra amalini bekamu-ko‘st ado etishga tayyor bo‘lmasangiz



Alloh taolo Haj va Umrani o’zi uchun tugal ado etishga buyuradi:
«Haj va Umrani Alloh uchun tugal ado eting».
(«Baqara» surasi, 196-oyat).
Umra, ayniqsa, Ramazon oyida amalga oshirilsa, katta savob keltiradigan muqaddas amaldir.
Payg‘ambarimiz ﷺ sollallohu alayhi vasallam hijratdan so‘ng to‘rt marta umra, bir marta haj qilganlar. Umra ibodati Qur'oni karimda haj ibodati bilan birga zikr qilingan:
وَأَتِمُّوا الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ لِلَّهِ
«Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting»
Ya'ni Alloh taolo haj va umrani ado qiluvchilarga:
«Haj va umraning shartlarini to‘kis ado etinglar. Ularni ado etish asnosida zohiriy va botiniy nuqsonlarga yo‘l qo‘ymanglar», deya buyurgan.
Payg‘ambarimiz ﷺ sollallohu alayhi vasallam umra ibodati haqida shunday deganlar:
عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ قَالَ الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا وَالْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزَاءٌ إِلاَّ الْجَنَّةُ. رَوَاهُ مُسْلِمُ
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Umra (oldin qilingan) umragacha (bo‘lgan) ikkalasining o‘rtasidagi (sag‘ira gunohlar)ga kafforot bo‘ladi. Mabrur hajning mukofoti, albatta, jannatdir»
(Imom Muslim rivoyat qilgan).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasulullohﷺ sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Hojilar va Umra qiluvchilar Allohning mehmonlaridir, agar Unga duo qilsalar duolarini qabul qiladi, Undan mag’firat so’rasalar ularni mag’firat qiladi»
(Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).
Bu hadislarning barchasida Umra ibodatining fazilati ulug’ ekani, uni sidqidildan va to’liq ado etgan har bir inson savobdan umid qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Istihora namozini o‘qing - Alloh taolodan eng yaxshi do'stlar, yo'nalish va transport vositasini tanlashda yordam so'rang
Agar qarzlaringiz bo‘lsa, to‘lang
Vasiyatnoma yozib qoldiring
Ota-onangiz ruxsatini oling
O‘zingizga yo‘ldosh tanlang – e‘tiqodli, Allohdan qo‘rqadigan
Umra amalini ado etish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadigan diniy kitoblardan oling
Muhtojlarga tarqatish uchun qo‘shimcha pulingiz bo’lsin
Umra amalingiz imkon qadar qulay va barcha qoidalarga muvofiq o'tishi uchun qolgan barcha sharoitni o'zimiz yaratamiz.



Biz sizga hayotingizdagi eng muhim sayohatni amalga oshirishga yordam beramiz.
TURON TOUR bilan orzular ushaladi!



Mijoz jo'nashdan kamida 7 kun oldin o'zini boshqa shaxs bilan almashtirishi mumkin
7 kundan kamroq muddatda turni bekor qilish - sayohat narxining 100% miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi
Parvoz uchun ro'yxatdan o'tish uchishdan 3 soat oldin boshlanadi
Xorijga chiqish uchun biometrik pasportingiz amal qilish muddatini tekshiring(chet el pasporti)
Pasportingiz sayohatning birinchi kunidan boshlab yana kamida 6 oy amal qilishi kerak
Yuklaringiz aviakompaniya talablariga javob berishiga ishonch hosil qiling
Xalqaro aviatsiya xavfsizligi qoidalariga ko'ra, siz olib yuradigan har qanday suyuqlik (jumladan, dezodorant, gel, atir va boshqalar) hajmi 100 ml dan oshmasligi va ular qadoqlangan bo'lishi kerak.
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.